"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining tozalangan metan gazi bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish" investitsiya loyihasi, bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda
"Uzbekistan GTL" zavodini tozalangan metan gazi bilan ta’minlash loyihasiga asosan xom ashyo gazi ta’minoti uchun gaz sarfini o‘lchash uskunasi (zamernoy uzel)ni o‘rnatilishi bo‘yicha yer va beton ishlari to‘liq bajarilib, beton tayanch (opora)lar o‘rnatildi.
Gaz sarfini o‘lchash uskunasi (zamernoy uzel)ning asosiy vazifasi "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi"dan "O‘ztransgaz" magistral gaz quvuriga tashlanayotgan tozalangan metan gazi sarfini o‘lchash, shuningdek, "Uzbekistan GTL" zavodiga "ShGKM"dan etkazib beriladigan tozalangan metan gazini hamda "Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi"dan kelayotgan xom ashyo gazlari (Back up gas) sarflarini o‘lchashdan iboratdir.
Hozirgi kunda "Hyundai Engineering Co., Ltd" tomonidan ushbu uskunalarning 1- va 2- to‘plami olib kelingan va qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilgan bo'lib, 3-to‘plam joriy yilning yakuniga qadar olib kelinishi mo‘ljallangan.
"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ
www.sgcc.uz