Joriy yilning 23 yanvar kuni majmua majlislar zalida "TÜV AUSTRIA" (Avstriya) kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili “CENTRAL ASIA CERTIFICATION” MCHJ vakillari ishtirokida "Shurtan GKM" MCHJ “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritganligi munosabati bilan sertifikatni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, “CENTRAL ASIA CERTIFICATION” MCHJ direktori X.Muxamedova so‘zga chiqib, majmuada korrupsion xatarlarning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi namunali yo‘lga qo‘yilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi va majmuaning barcha xodimlarni ushbu yutuq — ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini olgani bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, xalqaro tashkilot vakili tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash va davlat xizmatlari ko‘rsatish kabi sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ma’lumot uchun: ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standarti – korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratishga va korrupsiya xavfini minimallashtirishga xizmat qiladi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati