Joriy yilning 21-iyul kuni “Shurtan GKM” MCHJning 1-yarim yillik bo‘yicha ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi holati, joriy yil oktyabr oyida amalga oshiriladigan rejali ta’mirlash ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda ishlab chiqarish jarayonlari barqarorligini doimiy ta’minlash borasidagi masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda 2023-yil 1-yarim yillik faoliyati natijalari, ishlab chiqarish reja-topshiriqlarini bajarilishi holati, yil yakuni bilan kutilayotgan ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi borasidagi masalalar;
Majmuada 2023-yil oktyabr oyida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlariga tayyorgarlik holati, olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari tahlili, ta’mirlash ishlarini qisqa vaqt ichida va yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rish borasidagi bajarilayotgan ishlar tahlili;
Tasdiqlangan modernizatsiya tadbirlarining bajarilish holati tahlili;
Zavod hududidagi ishlab chiqarish sexlarida olib borilayotgan qurilish-montaj va ta’mirlash ishlarining holati;
Energoresurslarni tejash bo‘yicha chora-tadbirlarning ijro holati;
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan texnik masalalar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari.
Yig‘ilishda Respublika hukumati tomonidan berilgan topshiriqlar asosida kelgysida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan perspektiv loyihalar, modernizatsiya ishlari, mavjud qurilmalarning ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasining ijrosi, majmua hududidagi qurilish-montaj ishlarining holati muhokama qilindi.
Kelgysida amalga oshiriladigan ishlar kengaytirilgan tartibda muhokama etilib, Bosh direktor tomonidan barcha mas’ullarga berilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash borasida kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati