“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Sho‘rtan” konida qazib olinayotgan tabiiy gaz sarfini aniq yuritish maqsadida bir qator ishlar bajarildi.

Jumladan, “Sho‘rtan” koni gazni dastlabki tozalash qurilmasi 2-navbati S-1101/1 US va S-1101/7,8 separatorlarining chiqish gaz quvurlariga GOST 8.586-2005, O’zDst 8.028 – 2012 va O’zDst 8.077 – 2018 talablari asosida 2 komlekt Du-426 mm va 1 komplekt Du-168 mm.li o‘lchov qatorlari montaj qilindi.

Shuningdek, S-1101/1,2,3,4,5,6 separatorlarining chiqish quvurlaridagi 6 dona diafragma disklari almashtirilib, 4 komplekt birlamchi sarf o‘lchash vositalari hamda 5 komplekt zamonaviy “Auto Pilot PRO” sarf o‘lchash asboblarini montaj qilish ishlari yakunlandi.

Nazorat o‘lchov asboblari va metrologik jihozlarni montaj qilish ishlari “O‘zbekneftgaz” AJ va Sho‘rtan NGQChBsining malakali mutaxassislari hamkorligida amalga oshirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz