O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4954-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshrig‘iga asosan “Shaxmat kunlari” turniri bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekneftaz” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi, Personalni boshqarish departamenti tomonidan Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida uyushtirilgan musobaqada tizimdagi korxonalardan xodimlar o‘zaro kuch sinashishdi.
Musobaqa Xalqaro shaxmat federatsiyasining amaldagi qoidalari asosida tashkil etildi va rapid yo‘nalishida 2 guruhda ya’ni ayollar hamda erkaklar o‘rtasida tashkil etildi.
Keskin kurashlarga boy bo‘lgan uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, g‘oliblar to‘plagan ochkolari soniga qarab aniqlandi. Quvonarli jihati shundaki, ayollar o‘rtasidagi murosasiz kechgan bahslarda "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ xodimasi Xurshida Qo‘zieva raqibalariga imkon qoldirmagan holda, ayollar o‘rtasidagi bellashuvning mutloq g‘olibligini qo‘lga kiritdi!
Ushbu g‘alaba bilan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ mehnat jamoasi Xurshida Hasanovnani tabriklab, kelgusi o‘yinlarda ham omadlar tilaydi.
"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati