Majmuaning bir guruh faol yoshlari Qarshi tumanidagi Аbu Mu'in an-Nasafiy maqbarasini ziyorat qilishdi.

Аbu Mu'in an-Nasafiy maqbarasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan obod va ulkan ziyoratgohga aylantirilgan boʼlib, ushbu yerda yangi masjid, muzey, kutubxona va maʼmuriy binolar qurilgan. Daraxtlar, gullar ekilib, soʼlim bogʼ tashkil etilgan. Аbu Mu'in an-Nasafiy kitoblarining nomi va oʼgitlari yozib qoʼyilgan.

Ziyoratgohda XI asrga oid yodgorlik va quduq, XIII asrda qurilgan eski masjid ham saqlanib qolgan bo'lib, tashkil etilgan muzeyda Аbu Mu'in an-Nasafiyning hayoti va asarlari multimedia vositalari orqali aks ettirilgan. Bu yerda qadimgi Samarqand qogʼoziga bitilgan Qurʼoni karimning asl nusxasi, matoga toʼqib yozilgan muqaddas oyatlar ham saqlanmoqda

Shu o'rinda, faol yoshlar Qashqadaryo qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi bilan ham tanishishdi.

Muzey 11 ta bo‘limdan iborat bo'lib, ularda Turkiston o‘lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati va qatag‘onlarni aks ettiruvchi noyob tarixiy fotosuratlar, xaritalar, ashyolar va boshqa manbalar aks ettirilgan.

Shuningdek, muzeyda yoshlar klubi hamda kutubxona tashkil qilingan.

"Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz