Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida Jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi

Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish hamda har bir soha kesimida amalga oshirilayotgan islohotlarda shaffoflikni taʼminlash maqsadida joriy yilda Jamoatchilik kengashi tuzildi.

Jamoatchilik kengashi tomonidan majmua rahbariyati va ishchi xodimlar oʼrtasida oʼzaro samarali muloqotlar va hamkorlikni yoʼlga qoʼyish uchun ularni bogʼlab turuvchi "koʼprik" sifatidagi rolini yanada mustahkamlash uchun tashkil etilgan navbatdagi yigʼilishda majmua hamda sex jamoasi faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish, takliflar berishni yanada takomillashtirish maqsadida majmuaning barcha tarkibiy tuzilma (sex, xizmat, tarmoq va boʼlim)larida tuzilgan sex jamoatchilik kengashlari faoliyatini va ularning funktsional vazifalari tushuntirib oʼtildi.

Shuningdek, Kengash tomonidan sex jamoasi aʼzolarining mehnat faoliyati, hulq-atvori, mehnat intizomi, shart-sharoitlar, muammo va kamchiliklar, oilaviy ahvoli va boshqa ijtimoiy masalalarni sex rahbariyati, boshlangʼich kasaba uyushma yetakchisi, xotin-qizlar yetakchisi va yoshlar ittifoqi sex yetakchisi bilan birgalikda atroflicha oʼrganib borish, ushbu masalalar va muammolarni sex jamoatchilik kengashi yigʼilishlarida koʼrib chiqish hamda sex rahbariyati bilan kelishilgan holda qarorlar qabul qilishi dolzarb masala ekanligi taʼkidlab oʼtildi.

"Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz