Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida mehnat muhofazasini ta’minlash hamda ishchi-xodimlarning sog‘lig‘ini saqlash va salomatligini doimiy ravishda nazorat qilib kelinmoqda.

Xususan, majmuada mehnat faoliyatini olib borayotgan ishchilar ayni kunlarda navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Bugungi kunda majmuadagi poliklinikada funksional diagnostika – kunduzgi statsionar hamda ichki shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘limlari tashkil etilgan. Ushbu tibbiy bo‘limlar zamonaviy apparatlar (5D formatli UTT apparati, stomatologiya majmuasi, raqamli rentgen apparati, laboratoriya klinik va bioximik tahlil analizatorlari, laboratorya sentrifugasi, EKG apparati, elektrokoagulyator, “Amplipuls” apparati, ingalyator, fizioterapiya apparati, reanimatsiya apparati, monitorli defibrilyator, kardiomonitor va h.k.) bilan jihozlangan. Ular yordamida malakali tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi tez tibbiy yordam, stomatolog xizmati, ginekolog xizmati, rentgen diagnostika xizmati, 22 xil turdagi laboratoriya tekshiruv analizlari, avtoklav xizmati, EKG xizmati, 14 xil turdagi fizioterapiya xizmatlari, UZI diagnostika xizmati, nevropatolog, xirurg, ko‘z kasalliklari tekshiruvi, LOR, terapevt hamda sanitariya shifokorlarining xizmatlari sifatli amalga oshirilib kelinmoqda.

Ta’kidlab o‘tish joizki, poliklinikada muntazam ravishda tibbiy ko‘rikning tashkil etilishi natijasida ishchilarning salomatligi doimiy nazoratga olingan. Tibbiy ko‘riklar orqali ishchilarda alomatlari erta aniqlangan kasalliklar bo‘yicha davolash ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Tibbiy nazoratga olingan xodimlar sog‘lomlashtirish dasturiga asosan turli xil sihatgoh va tibbiyot muassasalariga yuboriladi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz