Joriy yilning 18-sentabr kuni “Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida Аtrof-muhit muhofazasi xizmati tomonidan “Tozalik kuni” aksiyasi tashkil etildi.

Majmua ishchi-xodimlaridan tashkil topgan bir guruh koʼngillilar ona tabiatni asrash, atrof-muhit musaffoligini saqlashga oʼz hissasini qoʼshish maqsadida “Tozalik kuni” aksiyasida faol ishtirok etishdi.

Ma'lumot uchun, "Butunjahon tozalik kuni" har yili sentabr oyining uchinchi shanbasida oʼtkaziladi va bu insoniyat oʼzi yashab turgan hududda tozalikni oʼrnatish gʼoyasini ifoda etadi.

Mazkur gʼoya dastavval 2008-yilda Estoniyada vujudga kelib, 50 ming nafar koʼngillilar mamlakatni chiqindilardan tozalash uchun birlashdilar.

Bugungi kunga kelib mazkur kun koʼngillilarning bir kun davomida bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakatiga aylandi.

Shuningdek, 180 dan ortiq dunyo mamlakatlari aholisi birgalikda “Butunjahon tozalik kuni” xalqaro aksiyasida qatnashib, jamiyatni bir jamoaga birlashtiradi va yer sayyorasini chiqindilardan tozalash hamda “Barqaror tozalik”ni taʼminlash choralarini ko'riladilar.

"Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz