"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Kasaba uyushma qo‘mitasida 2020 yil yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda majmua Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Yunus Botirov so‘zga chiqib joriy yil yakunlari bo‘yicha Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va kirib kelayotgan yangi 2021 yil munosabati bilan majmuada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda  mamlakatimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar kasaba uyushmalari hayotida, tashkiliy tuzilmalarida ham o‘z aksini topmoqda. Jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijobiy islohotlar Kasaba uyushmalarini seramahsulligini oshirishga zamin yaratmoqda.

Eng quvonarlisi, hurmatli Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonidan 11 noyabr kasaba uyushmalari kuni deb e’lon qilinishi soha vakillarini yanada mas’uliyat bilan faoliyat olib borishlariga undaydi.

Yil davomida majmua Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan o‘z oldilariga qo‘yilgan reja-topshiriqlar asosida faoliyat olib borib, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish, xavfsiz mehnat sharoitlarining yaratilishini nazorat qilish, ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolariga sog‘lom turmush tarzini yaratish, ularning maroqli dam olishlarini tashkil etish, sport va jismoniy tarbiyani targ‘ib qilish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkillashtirish kabi ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Tadbir yakunida majmuaning bir qator faol ishchi-xodimlari Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz