Joriy yilning iyul oyida Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida mehnat faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodimlarning ilmiy va ijodiy faoliyatlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi - ijodkor xodim nigohida” tanlovi eʼlon qilingan edi.

Tanlov doirasida majmua ishchi-xodimlaridan "Majmuam 20 yoshda”, “Yonimdagi hamkasbim”, “Bizning jamoa”, “Men orzu qilgan zavod”, “Mening birinchi ish kunim”, “Suratlar gapirganda”, “Men uchun 20 yillikdagi eng qiziq voqea”, “Majmuamiz qahramonlari” kabi mavzular boʼyicha kreativ fikrlash asosida yozilgan maqolalar qabul qilindi.

Shoʼrtan gaz kimyo majmuasining 20 yilligi arafasida oʼtkazilgan mazkur tanlovda Ichki suv ta'minoti sexi kimyoviy suv tozalash apparatchisi Jasur Аxmedov 1-oʼrin, Mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo'limi muhandisi Shodiya Tilyayeva 2-oʼrin hamda Maishiy xo'jalik xizmatining kasanachi tikuvchisi Dinora Davronovalar 3-oʼrinni qoʼlga kiritishdi.

Shuningdek, 2021 yil – «Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» munosabati bilan tanlovda qatnashgan "Eng yosh ishtirokchi" nominatsiyasiga Nazorat o'lchov asboblari va avtomatlashtirish sexi muhandisi Ruzimurodov Аlibek munosib koʼrildi.

Gʼolib va sovrindorlarga Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi maʼmuriyati hamda Kasaba uyushma qoʼmitasi tomonidan diplom va esdalik sovgʼalari topshirildi.

"Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz