“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ tashqi hududida joylashgan savdo do’konini tanlov orqali savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarga ijaraga berilishini ma’lum qilamiz.
– Tanlov g’olibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha eng yaxshi takliflarni taqdim etgan talabgorlar orasidan tanlab olinadi.
– Tanlov jarayonida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega bo‘lgan, savdo sifati va narxlar holatini yaxshilashga tayyor bo‘lgan talabgorlarga ustunlik beriladi.
Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lganlar majmua elektron pochtasiga* va devonxona xizmatiga yozma shaklda murojaat etishlari mumkin.
Tanlov muddati 2022-yilning 5-mayigacha.
Murojaat uchun tel: : 0 (375) 552-41-30 , +998 97 718-77-01 *E-mail: sgcc@sgcc.uz