Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida Kasaba uyushma qoʼmitasi tomonidan ishchi-xodimlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishlari hamda ular oʼrtasida ommaviy sportni keng targʼib qilish maqsadida futbol, kurash, shaxmat, darts, yengil atletika kabi bir qator sport turlari boʼyicha turli musobaqalar oʼtkazib kelinmoqda.

Аyni kunlarda majmuada sexlararo 40 yoshgacha va 40 yoshdan kattalar oʼrtasidagi sportning mini-futbol turi boʼyicha boʼlib oʼtayotgan chempionat ham shular jumlasidan.

Shiddatli va qarama-qarshi hujumlar ostida boʼlib oʼtayotgan bellashuvlarda jamoalar oʼzlarining bor imkoniyat va mahoratlarini namoyish etishmoqda.

"А" guruhi doirasida boʼlib oʼtgan bellashuvlarning 5-tur natijalari quyidagicha:

Markaziy boshqaruv apparati 1:2 "Qarshitermoplast" sexi;
Metrologiya xizmati 3:4 Аvtotransport xizmati;
Mexanik taʼmirlash sexi 1:0 Tayyor mahsulot va xom ashyo sexi;
Qorovullik qoʼriqlash xizmati 1:9 Majmua ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi.

"B" guruhi doirasida boʼlib oʼtgan bellashuvlarning 4-tur natijalari quyidagicha:

Oqova suvlarni tozalash sexi 0:3 Tashqi suv taʼminoti sexi;
Polietilen ishlab chiqarish sexi 2:1 Nazorat oʼlchov asboblari va avtomatika sexi;
Ichki suv taʼminoti sexi 6:1 Elektr taʼminoti sexi;
Etilen ishlab chiqarish sexi 3:1 "Uzbekistan GTL".

"Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matubot xizmati

 

 

www.sgcc.uz