Yurtimizda iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsidida «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yilning 27-yanvaridagi videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbus asosida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Yoshlar ishlari agentligi IT-park va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbus loyihasi ofisi tomonidan tashkillashtirilgan Respublika bo‘ylab «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi polietilen ishlab chiqarish sexining yosh xodimi Karaev Sherali Tuxtayevich o‘zining "Mahalliy xom ashyolar asosida stabilizator, antioksidantlar olish kimyoviy texnologiyasini ishlab chiqish" loyihasi bilan ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Sherali Karaev G‘uzor tumanida tug‘ilgan. 2012-yil Toshkent kimyo texnologiya instituti, organik moddalar fakultetini bakalavr bosqichini va 2014- yil yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi yo‘nalishini magistr bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2014-yildan “Jurabek laboratories” O‘zbek-Arab qo‘shma korxonasida infuzion birikmalar tayyorlash ustasi lavozimidan boshlagan va 2015-yildan buyon Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining polietilen ishlab chiqarish sexida texnologik qurilma kuzatuvchisi sifatida ishlab kelmoqda.
Shuningdek, 2021-yilning II choragidan Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot instutiga organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi yo‘nalishida polietilen mahsuloti uchun "Mahalliy xom ashyolar asosida stabilizator, antioksidantlar olish kimyoviy texnologiyasini yaratish" bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilindi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz