“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “Sho‘rtan bosh inshoatidan Sho‘rtan GKM va "Uzbekistan GTL" zavodigacha 33 km gaz quvurini qurish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu gaz quvurini qurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Sho‘rtan boshqarmasining bosh inshootida qayta ishlanib tozalangan va etanga boy tabiiy gazni Sho‘rtan gaz kimyo majmuasiga hamda qisman GTL zavodiga to‘liq quvvatda ishlash uchun yetkazib berish hisoblanadi.
Obyektning ishga tushirilishi tozalangan kunlik 14,0 mln. metr kub tabiiy gazni yetkazib berish imkonini yaratadi.
Loyiha korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Bosh pudratchi “Neftgazmontaj” MCHJ bo‘lib, hozirda qurilish montaj ishlarini amalga oshirish uchun 20 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etilgan.
Loyiha doirasida gaz quvurlar yetkazib berilgan. Hozirda obyektda qazish, payvandlash, izolyatsiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha bo‘yicha qurilish-montaj ishlari joriy yilning iyul oyida yakunlash rejalashtirilgan.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati