"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Bug‘ gaz havo bilan ta’minlash sexi boshlig‘i Shomurodov Anvar Irkinovich kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.09.2020.K.82.02 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 7-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida, A. Shomurodov o‘zining 02.00.03-Organik kimyo ixtisosligi bo‘yicha “Karbon kislotalarning N-amino (butin-2-il) hosilalarining sintezi, xossalari va ularning faolligi” mavzusida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Dastlab ishni mazmuni bilan kengash a’zolarini tanishtirgan A.Shomurodov, himoya davomida ularning savollariga o‘z fikrlarini va ilmiy ishni olib borish davomida olgan xulosalarini bildirib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari tomonidan, ilmiy ish kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun barcha talablarga javob berishi e’tirof etilib, 100 foiz ovoz bilan ma’qullandi.

Ushbu munosabat bilan Shurtan gaz kimyo majmuasining ko‘p ming sonli mehnat jamoasi nomidan Anvar Irkinovich Shomurodovni muvaffaqiyatli himoya qilingan ilmiy daraja bilan tabriklagan holda kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!


«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati