Tabiiy gaz va neft mahsulotlari tarkibidagi oltingugurtli birikmalarni miqdorini aniqlash jarayoni har doim alohida yondashuvni talab etgan. Sho'rtan gaz kimyo majmuasi “Petrotech Analytical Corp.”Ltd. (Аngliya) kompaniyasi bilan hamkorlikda majmua uchun suyuq holdagi uglevodorodlar tarkibidagi kam miqdordagi (следы) oltingugurtli (vodorod sulfid va uglevodorodlarni oltingugurtli hosilalari) birikmalarini ASTM D-5623 metod yordamida aniqlaydigan Gollandiyaning “SCION Instruments” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 456-GC modeldagi gaz xromatograf uskunasi olib kelindi.

Ushbu gaz xromatograf uskunasi maxsus litsenziyali dasturiy taʼminot asosida boshqarilishi, uning yuqori aniqlik darajasida va barqaror holatda ishlashini taʼminlaydi.

Gaz xramotograf uskunasini “Petrotech Analytical Corp.”Ltd. kompaniyasi mutaxassisi tomonidan oʼrnatish, ishga tushurish va sozlash, shuningdek, markaziy laboratoriya xodimlarini oʼqitish jarayonlari amalga oshirildi.

Ushbu uskunani ishga tushurilishi, korxonada investitsion loyihalar asosida amalga oshirilayotgan, “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsiya loyihasi uchun zarur boʼlgan laboratoriya tahlillarini ham amalga oshirishni taʼminlaydi.

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz