“SHGKM” MChJ ishchi va xizmatchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 28 martdagi 89-sonli qaroriga asosan Ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinasi a’zolari bilan yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borib KYoSD a’zolarining huquq va majburiyatlari, burchlari hamda vazifalari tushuntirildi. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash drujina a’zolari bilan birgalikda amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida favqulodda holatlar va yong‘inlar sodir bo‘lganda Ko‘ngilli yong‘indan saqlash drujina a’zolarining harakatlari kuzatildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni va uning moddalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Bino va inshootlarning, ularning hududlarini yong‘inga qarshi holati tekshirilib, ishchi xizmatchilar va mas’ul shaxslar o‘rtasida yong‘inni oldini olish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini ishlata bilish, nosoz elektr rozetka va elektr simlarni ishlatmaslik, olovli ishlarni olib borish tartibi, avtomatik yong‘indan darak berish va avtomatik yong‘inni o‘chirish moslamalarining turlari hamda ishlatish xususiyatlari, yong‘inga qarshi suv olgich (PG)lar, ichki yong‘in o‘chirish kranlari, yong‘inga qarshi englarning turlari, hududda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi borasida tushuntirish ishlari olib borildi. KYoSD a’zolarini harakatlari insonlarni va moddiy tovar-boyliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
www.sgcc.uz