Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarning o‘z muddatida amalga oshirilishi natijasida, 2021-yilda yanvar-iyun oylarining reja ko‘rsatkich topshiriqlari ortig‘i bilan bajarilishiga erishildi.

Jumladan, majmuada 2021-yilning yanvar–iyun oylarida 1,96 mlrd kub metr (rejaga nisbatan 108,9 foiz) tabiiy gaz xomashyosi chuqur qayta ishlandi. Natijada 62,3 ming tonna (rejaga nisbatan 107,0 foiz) polietilen, 54,5 ming tonna (rejaga nisbatan 110,2 foiz) suyultirilgan gaz, 1,65 mlrd kub metr (rejaga nisbatan 109,6 foiz) tovar gazi, 47,8 ming tonna (rejaga nisbatan 111,6 foiz) gaz kondensati, 492,6 tonna (rejaga nisbatan 112,0 foiz) oltingugurt mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Shuningdek, 2021-yil yanvar-iyun oylari uchun eksport ko‘rsatkichlari 5,599 mln. dollarni tashkil etdi va rejaga nisbatan 119,6 foizga bajarildi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, korxonada qurilma va uskunalarni ta’mirlash ishlarini tizimli, o‘z vaqtida to‘g‘ri markazlashtirilgan holda tashkillashtirilganligi, shuningdek, ishchi-xodimlarning o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan amalga oshirishlari belgilangan reja topshiriqlarni o‘z vaqtida ortig‘i bilan bajarilishiga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi deb aytish mumkin.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz