Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Gʼuzor tuman Kengashi vakillari ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining boshlangʼich tashkiloti raisi vazifasiga Korporativ aloqalar va ijtimoiy rivojlanish xizmati yetakchi mutaxassisi Berdiyev Xurshid Xazratqulovich nomzodi tavsiya etildi va aʼzolar tomonidan bir ovozdan qoʼllab-quvvatlandi.

Ma'lumot uchun, Xurshid Berdiev "O'zbekneftegazgeologiya" davlat geologiya korxonasi geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi mexanik sexi chilangari, "Neft-gaz quduqlarini sinash" ekspeditsiyasi chilangari, "Neftgazsinash" ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati burgʼilovchi-yordamchisi, shuningdek, Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida oqova suvlarni tozalash sexi biologik hovuz nazoratchisi, katta nazoratchi, sexi boshlig'i oʼrinbosari, "Ishchilar shaharchasi" oqova suvlarni tozalash tarmogʼi kanalizatsiya tizimlari boʼyicha masteri, "Qarshitermoplast" sexi polietilen chiqindilarni qayta ishlash tarmogʼi granulyator mashinisti, zavod hududidagi oqova suvlarni tozalash tarmogʼi kanalizatsiya tizimlari boʼyicha masteri lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.

"Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz