Shurtan gaz kimyo majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan onlayn tezkor shaxmat chempionati-2022 doirasidagi uchrashuvlar ayni paytda o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi.

Shaxmatning «Blitz» yo‘nalishi bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkazilayotgan musobaqada majmuaning sex, bo‘lim, xizmat va tarmoqlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan 28 nafar ishchi-xodimlar 27 ta tur doirasida o‘zaro bellashishlari rejalashtirilgan.

O‘tayotgan onlayn chempionat reglamentiga ko‘ra har bir ishtirokchi musobaqa ishtirokchilari bilan bir martadan o‘yin o‘tkazib chiqadi va to‘plangan ochkolar natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Hozirga kelib musobaqaning 21 turi ortda qoldi va turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:

Izoh: Shaxmatning «Blitz» yo‘nalishi tezkor tarzda bo‘lib har bir ishtirokchiga 3 daqiqadan vaqt ajratiladi va har bir harakat (xod) uchun qo‘shimcha 2 soniya qo‘shib beriladi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz