O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida "Istiqlol bayraming muborak bo‘lsin, ona diyorim!" deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Bosh direktori Shuhrat Aslanov kirish so‘zi bilan ochib berib, ko‘p ming sonli majmua jamoasini Mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonalari bilan qutladi.

Mustaqillik yillarida neftgaz kimyo sanoati faoliyatining tamal toshi aynan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi oqilona qarorning amaliy natijasi bilan ketgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbir davomida mamlakatimizda neft va gaz sanoati tarmog‘ining yuksalishi yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlarini e'tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi hamda neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan majmuaning 20 nafar ishchi-xodimlari “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, tadbirda majmua ma'muriyati tomonidan korxonada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan ishchi-xodimlarning yana 50 nafari munosib taqdirlandi.

Bayram dasturining navbatdagi qismi ijodkor yoshlarning majmua faoliyatini madh etuvchi kuy qo‘shiqlari bilan davom etdi.

Bayram dasturining ikkinchi qismida, Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ishchi-xodimlari o‘rtasida "Vatan uchun yashaylik" shiori ostida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovi bo‘lib o‘tgan bo‘lib. Unda,

«Eng yaxshi maqola» yo‘nalishida:
1. Shomuratova Anna Xalilovna – SHGKMda Sifat menejmenti bo‘yicha muhandis-texnik
2. Axmedova Oyzoda Xasan qizi – SHGKMda Markaziy labaratoriya –labaranti
3. Rasulov Akbarali Abdiraxim o‘g‘li - SHKGMda Markaziy laboratoriya –laboranti

"Eng yaxshi she'r ijrosi" yo‘nalishida:
1. Davronova Dinara Baxtiyor qizi – SHGKMda Tayyor mahsulotlar va xomashyo sexi – ish yurituvchisi
2. Nozimov Furqat Parmonovich – SHGKMda Kengaytirish loyihasi – kuzatuvchisi
3. Shomuratova Anna Xalilovna Xalilovna – SHGKMda Sifat menejmenti bo‘yicha muhandis-texnik

"Eng yaxshi qo‘shiq ijrosi" yo‘nalishida:
1. Sadatova Hulkar Mustafayevna – SHGKMda Maishiy xo‘jalik xizmati – farroshi
2. Qilichova Lobar Ravshan qizi – SHGKMda sex poliklinikasi - hamshirasi
3. Yo‘ldoshov Umidjon Xolmuminovich – SHGKMda Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexi – muhandis-texniki

Shaxmat bo‘yicha chempionatda:

1. Qodirov Sanjar Haydarovich - NO‘A va A sexi - Asbobsozi
2. Kenjayev Iskandar Bozorovich - Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i - Bog‘boni
3. Arabov Sharof Nurqulovich - Elektr ta'minoti sexi - Elektromontyor

G‘olib va sovrindorlarga majmua ma'muriyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirlandi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz