“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning Rossiya Federatsiyasiga qilgan tashrifi doirasida, yirik moliyaviy hamkor “Gazprombank” AJ rahbariyati bilan muzokaralar olib borganini ma’lum qilgan edik.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 iyundagi PQ–2551, 2017 yil 11 maydagi PQ–2965 va 2020 yil 9 yanvardagi PQ–4563-son Qarorlari asosida amalga oshirilmoqda. Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlari investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 2019 yilda imzolangan va hozirgi kunda o‘zlashtirilishi to‘xtab qolgan 300.0 mln dollar kredit liniyasining o‘zlashtirilmay qolgan 152.0 mln dollar miqdoridagi kredit mablag‘larini shu yilning oxirigacha o‘zlashtirishga kelishib olindi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida “GTL” zavodidan olinadigan yiliga 430 ming tonna sintetik naftani qayta ishlash orqali polietilen ishlab chiqarish hajmini yiliga qo‘shimcha 280 ming t (434,26 mln dollar miqdorida), polipropilen hajmini yiliga qo‘shimcha 100 ming t (170,21 mln dollar miqdorida), piroliz distillyati va moy hajmlarini yiliga qo‘shimcha 50 ming t (7,88 mln dollar miqdorida) oshirish (jami 612,35 mln dollar miqdorida).

Loyihaning umumiy qiymati 1784.0 mln dollarni tashkil etadi va qo‘shimcha 800 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz