Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi natijasida 2021-yil davomida korxonaning reja ko‘rsatkich topshiriqlari ortig‘i bilan bajarilishiga erishildi.

Jumladan, majmuada 2021-yil davomida 4,174 milliard kub metr (rejaga nisbatan 100.4 foiz) tabiiy gaz xomashyosi chuqur qayta ishlandi. Natijada, 135,2 ming tonna (rejaga nisbatan 104 foiz) polietilen, 117,5 ming tonna (rejaga nisbatan 100,04 foiz) suyultirilgan gaz, 3,53 milliard kub metr (rejaga nisbatan 101 foiz) tovar gazi, 103,6 ming tonna (rejaga nisbatan 109 foiz) gaz kondensati, 1053 tonna (rejaga nisbatan 105,3 foiz) oltingugurt mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Shuningdek, 2021-yil davomida eksport ko‘rsatkichlari 5,599 million dollarni tashkil etdi va rejaga nisbatan 119,6 foizga bajarildi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, majmuada qurilma va uskunalarni ta’mirlash ishlarini tizimli va o‘z vaqtida to‘g‘ri markazlashtirilgan holda tashkillashtirilganligi, shuningdek, ishchi-xodimlarning o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan amalga oshirishlari belgilangan reja topshiriqlarni o‘z vaqtida ortig‘i bilan bajarilishiga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz