“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining topshirig‘i bilan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarning ishlab chiqarish quvvatini tiklash hamda tabiiy gazni qayta ishlash zavodlardagi qurilmalarda amalga oshiriladigan rejali ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida ishga tushirish borasida bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan.
Jumladan, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Etilen ishlab chiqarish sexidagi “GT-1801” gaz turbinasi boshqaruv tizimining modernizatsiya qilish ishlari “Siemens AG” kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ Metrologiya va avtomatlashtirish bo‘limi hamda Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish tizimi malakali mutaxassislari hamkorligida amalga oshirildi. Qariyib 20 yildan buyon to‘xtovsiz ishlab kelayotgan “AVV” kompaniyasining boshqaruv kontrollerlari o‘rniga yangi rusumdagi “Siemens” kompaniyasining “CJP-10”, “CJP-20” va “CJP-50” boshqaruv shkaflari va “S7-400” boshqaruv kontrollerlari va kirish-chiqish modullari o‘rnatilmoqda.
Qurilmada ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun barcha moddiy-texnik resurslar va ehtiyot qismlar tayyor holatga keltirilgan. Qurilmani sifatli ta’mirlash natijasida uning yil davomida to‘xtovsiz, ishonchli ishlashini va belgilangan reja ko‘rsatgichlari o‘z vaqtida bajarilishini ko‘zda tutilgan.
Shuningdek,“Mexatronika” kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida Polietilen ishlpb chiqarish sexidagi Ekstruder qurilmasining boshqaruv tizimi modernizatsiya qilinmoqda. Modernizatsiya ishlari doirasida “LP-1/2” Boshqaruv shkafidagi “PLC 5/40 S Allen-Bradley”, “Automax 7010” kontrolerlari va “01” podstantsiya binosidagi “Panel View 600” boshqaruv paneli va “SD 3000” asosiy ekstruderining chastota o‘zgartirgichlari o‘rniga yangi zamonaviy “Control logix 5000” kontrolerlari, “PanelView Plus” boshqaruv paneli, “Siemens” kompaniyasining chostota o‘zgartirgichlariga almashtirildi.
“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ negizida tozalangan metan tarkibidan suyultirilgan sintetik yoqilg‘i olish” investitsion loyihasiga ko‘ra, “Tozalangan metan gazlarini hisobga olish” maydonchasi loyihalari asosida nazorat o‘lchov asboblarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: "“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Qashqadaryo viloyati, G‘o‘zor tumani, Sho‘rtan qo‘rg‘onida joylashgan bo‘lib, 2002-yilda ishga tushirilgan. Majmua yiliga 4,0 mlrd kub metrgacha xomashyo gazini qayta ishlash, 3,5 mlrd kub metrgacha tabiiy gaz, 125 ming tonnadan ortiq polietilen granulasi, 110 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz, 90 ming tonnadan ortiq gaz kondensati, 1,0 ming tonnadan ortiq oltingugurt granulasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati