Mamlakatimiz kelajagi, istiqbolli kadrlar zaxirasi va yuqori intellektga ega xodimlarga bog‘liq! “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalar kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularning xalqaro standartlar darajasidagi bilimlarni egallashlariga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida tashkilotlar faoliyatini jahon standartlariga moslashtirish borasidagi ishlar samarali tashkil etilmoqda.

Jumladan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning Buxgalteriya hisobi va tahlili guruhi hisobchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2020 yildagi PQ-4611-sonli "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishi bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar" to‘g‘risidagi qaroriga asosan, “Finspect Advisory” tashkiloti mutaxassislari tomonidan Majmuada tashkil etilgan o‘quv xonalarida MXHS bo‘yicha boshlang‘ich ta'lim berildi va ta'lim berish jarayonida tanlab olingan hisobchilar bilan «Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)» sertifikatlarini qo‘lga kiritish uchun chuqurlashtirilgan darslar olib borildi.

Joriy yilning 10-iyul kuni "Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)" sertifikati uchun bo‘lib o‘tgan imtihonlarga qatnashgan jamiyatimizning Moliyaviy hisobotni xalqaro standartlari guruhi xodimlaridan ikki nafar yosh mutaxassislarimiz Rajabov Erkin Korjov o‘g‘li va Muxammadiev Ma'ruf Abduvoxidovichlar imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib , “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalar o‘rtasida eng ilg‘or mutaxassislar sifatida "Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)" sertifikatiga ega bo‘lishdi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz