O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan muntazam ravishda Sohil futbolini rivojlantirish va uni ommaviyligini oshirish maqsadida musobaqa va turnirlar tashkil etib kelinmoqda.
Joriy yil 13-19 iyul kunlari Qarshi shahridagi “GEOLOG” sport majmuasi qumli maydonida Sohil futboli bo‘yicha “O‘zbekiston chempionati” o‘tkazildi.
Chempionatda ishtirok etgan "SHGKM" terma jamoasi raqiblarini birin-ketin mag‘lub etib, finalda "Adolat" jamoasiga qarshi kurashda 10:4 hisobida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritishdi.
Shu munosabat bilan SHGKM Sohil futboli terma jamoasi a’zolarini va ularni qo‘llab-quvvatlab turgan ko‘p ming sonli jamoadoshlarimizni mazkur g‘alaba va ChЕMPIONLIK bilan muborakbod etamiz.
G‘ALABALAR DAVOMLI BO‘LSIN!
Sh.Aslanov
SHGKM Bosh direktori