Avval xabar berganimizdek, "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ va unga tegishli barcha obyektlarda joriy yilning 15 noyabridan 15 dekabrigacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilingan.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasining 2022 yil 10 noyabridagi 49-son yig‘ilishi bayoniga asosan o‘tkazilayotgan "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida "Sho‘rtan GKM" MCHJ da faoliyat olib borayotgan tezkor xizmatlar hamkorligida "Tayyor mahsulotlar va xom ashyo" sexida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan Favqulodda holatlarni bartaraf etish bo‘yicha OBYOXTTEB Yong‘in qutqaruv qismlari, gazdan qutqaruv xizmati, tez tibbiy yordam xizmati va SS, SX, M va AMMB xodimlari ishtirokida amaliy taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Shuningdek, "Yong‘in xavfsizligi oyligi"da o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar davomida ishchi-xodimlarni qiziqtirgan savollarga javob berilmoqda. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga e’tiborsiz va beparvo bo‘lish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar misollar yordamida tushuntirilmoqda.
“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni namunali va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|