"O‘zbekneftgaz" AJning ishlab chiqarish xodimlari va ob’yektlarini tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va harakatlarning davlat tizimining funktsional quyi tizimini tayyorlash bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar rejasiga muvofiq “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ hududida “Ob’yekt xavfsizligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ma’muriyat, qo‘mondonlik shaxsiy tarkibi, fuqaro muhofazasi bo‘linmalari, xavfsizlik bo‘linmalari va o‘zaro ta’sir qiluvchi kuchlarning harakatlari va ularning oqibatlarini bartaraf etish” mavzusida ko‘rgazmali taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan taktik mashg‘ulotlarga simulyatsiya vositalaridan foydalanildi.

Mazkur o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarga 99750-sonli harbiy qism shaxsiy tarkibi, Favqulodda vaziyatlar hamda viloyat ichki ishlar boshqarmalari, G‘uzor tuman tez tibbiy yordam xizmati va majmua poliklinikasining malakali xodimlari ishtirok etishdi.

Shu kabi amaliy mashg‘ulotlar tabiiy va texnogen tusdagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qutqarish va boshqa shoshilinch ishlarni aniqlash, tashkillashtirish va amalga oshirishda majmua ma’muriyati, qo‘mondonlik shtabi va majmuada shakllantirilgan fuqaro muhofazasi tarkibining faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning mahoratini oshirish, shuningdek, strategik muhim sanalgan hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni bajarishda nazorat organlari, ob’yekt bo‘linmalarining harakatga tayyorlik darajasini oshirish yo‘lida xizmat qiladi.

O‘quv mashg‘ulotlari yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz