Joriy yilning 14-mart kuni Shaxmat onlayn biznes ligasi doirasida "Kimyo va neftkimyo Kubogi"-2021 I Xalqaro onlayn shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.

Altay o‘lkasining "Sportiko" kompaniyasi tomonidan neft-kimyo sanoati korxonalari o‘rtasida tashkil etilgan onlayn turnirda "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ, Qozog‘iston Respublikasining "Karachaganak Petrolium Opereyting", Rossiya Federatsiyasining «Gazpromneft – Bitumnie materiali», "Kirishinefteorgsintez", "Novosibirskiy mexanicheskiy zavod Iskra", "Uralskiy elektroximicheskiy kombinat", "Omsktexuglerod", "Ufaorgsintez", "GaloPolimer Perm", "Uralkaliy", "Metafraks", "Uralorgsintez", "KAUSTIK", "Volskiy Orgsintez" "Neftepererabativayushiy zavod NK Rosneft Komsomolskiy", "Angarskiy zavod polimerov", "Sayanskximplast", "Azot", "Tomskneftexim", "Galopolimer kirovo-chepetsk", "Tolyattikauchuk", "Yaroslavl-Rezinotexnika", Nauchno-proektniy sentr "Akron injiniring", "Shyolkovo Agroxim", "Nevinnomisskiy azot" hamda shu kabi bir qator korxonalarning jamoalari ishtirok etishdi.

Bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i xodimi Iskandar Kenjaev, Nazorat o‘lchov asboblari va avtoamatika sexi xodimlari Sanjar Qodirov hamda Rasul Umbarovlar 3 ta doskada bir jamoa bo‘lib ishtirok etishdi.

"Kimyo va neftkimyo kubogi-2021" xalqaro onlayn-turnirida qatnashib, shaxmat donalarini surgan majmua jamoasining muxlislari masofadan turib o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlab turishdi.

"Kimyo va neftkimyo kubogi-2021" I Xalqaro onlayn-turniri natijalari:

 

 

Xalqaro turnirning umumiy natijalariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, turnirda yetakchilik qilgan jamoalar majmua jamoasidan kichik farq bilan ustunlikni qo‘lga kiritishgan.

Ayniqsa, ikkinchi doska natijalariga ko‘ra majmuaning Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i xodimi Iskandar Kenjaevning kuchli o‘nlikga kirishi e’tirofga loyiqdir. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, ikkinchi doska natijasiga ko‘ra jamoamiz a’zosi Iskandar Kenjayevdan ustunlikni Andrey Urban, Aleksandr Stepanenkov hamda Konstantin Dudinlar kichik farq bilan qo‘lga kiritishgan.

Bu kabi musobaqalar ortida, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida xalqaro turdosh korxonalar bilan o‘zaro hamkorlikni har bir sohada yangi bosqichlarga olib chiqish bilan bir qatorda, yurtimizning neft va gaz sohasida har tomonlama yetuk va salohiyatli ishchi-xodimlar mehnat qilib kelayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz