"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" mustaqillik yillarida yurtimizning neft-gaz sohasidagi yirik loyiharidan biri bo‘ladi.
Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida 2002 yildan boshlab xom-ashyo gazini qabul qilish va mahsulot ishlab chiqarish boshlangan.
2002 yildan 2020 yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda majmuada:
✅ Xom-ashyo gazi – 69 394,9 mln m³
✅ Tozalangan tovar gazi - 59 621,1 mln m³
✅ Suyultirilgan gaz - 1 879,6 ming tonna
✅ Gaz kondensati - 1 748,2 ming tonna
✅ Polietilen granula– 2 145,9 ming tonna
✅ Oltingugurt - 19 741,9 ming tonna miqdorida mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Mahsulotlar
Polietilen - asosiy mahsulot — polietilenni ishlab chiqarish jarayoni — SCLAIRTECH polimerizasiyaning suyuq faza texnologiyasi yordamida, NOVA Chemicals Shimoliy Amerika kompaniyasi litsenziyasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu texnologiyaning asosiy afzalligi bu — quvurli va avtoklav turdagi reaktorlarning ketma-ket rejimidan foydalangan holda polietilenning fizik-kimyoviy va reologik ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish imkoniyati hisoblanadi. Bu esa bir ishlab chiqarish liniyasida turli turdagi liniyali polietilen ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Olingan polimer erituvchilardan, katalizatorlar qoldiqlaridan butunlay ajratiladi, mavjud bo‘lgan zararli moddalardan tozalanadi va erigan holda, tarkibida uchuvchi birikmalarning eng kam miqdori bilan asosiy ekstruderga tushadi. Barcha zarur bo‘lgan qo‘shimchalar, ularning yaxshi aralashishi va to‘liq bir turdagi bo‘lishini ta’minlash maqsadida suyuq yoki erigan holda qo‘shiladi. Ushbu texnologiya asosida ishlab chiqarilgan polietilen, oziq-ovqatlar va inson tanasi bilan aloqada bo‘ladigan har qanday salomatlik uchun zararsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida foydalanish mumkin.
Suyultirilgan gaz - tabiiy gazni chuqur qayta ishlash natijasida asosiy tarkibiy qismi propan-butan aralashmasidan iborat boʻlgan mahsulot boʻlib hisoblanadi. Suyultirilgan gaz aholining kommunal ehtiyojlariga va avtomobillarga yoqilgʻi sifatida ishlatiladi.Uning oʻrtacha zichligi 0,525 g/sm3 ni tashkil qiladi
DST 20448-90 bo’yicha Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun muljallangan suyultirilgan uglevodorodli gaz
Oltingugurt - tabiiy gaz tarkibidan ajratib olingan vodorod sulfidni (H2S) toʻgʻridan-toʻgʻri oksidlash jarayoni yordamida ishlab chiqariladi. Hosil boʻlgan oltingugurt granulalar koʻrinishida 25kg dan polietilen qoplarga qadoqlanadi.
25 kilolik polietilen yukxaltalarga qadoqlangan O'z DSt 127.1-93 bo’yicha granulalangan texnik oltingugurt
Gaz kondensati - tabiiy gazni chuqur qayta ishlash natijasida ogʻir uglevodorodlarni ajratib olish natijasida hosil boʻlgan mahsulot boʻlib hisoblanadi. Uning oʻrtacha zichligi 0,715 - 0,735 g/sm3 ni tashkil qiladi. Gaz kondensatining sifati TSt 39.0-02:2004 tarmoq standarti talablariga asosan nazorat qilinadi. Gaz kondensati neftni qayta ishlash zavodlariga joʻnatiladi.
Tovar gazi - tabiiy gazni chuqur qayta ishlash natijasida asosiy tarkibiy qismi metandan iborat boʻlgan gaz boʻlib hisoblanadi. Tovar gazning sifati Oʻz DSt 948:2016 standarti shartlari asosida nazorat qilib boriladi. Tovar gazi “Oʻztransgaz” AJning magistral gaz quvurlariga yetkazib beriladi.
Alyuminli kompozit panellar - TSh 39.2-269-2010 ga muvofiq Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi ishlab chiqargan alyuminli kompozit panellar zamonaviy uslubda binolarni bezatishning eng yaxshi echimlaridan biridir.
Alyuminli kompozit panellar zarbaga, bosimga, bukilishga va sinishga chidamli bo'lib, ular shamol qarshiligini oshiradi.
Alyuminli kompozit panellarning qayishqoqligi qoplamalarga murakkab egri chiziqli ko’rininsh beradi.
Shakllarning xilma-xilligi "bino korpusini" o’ziga xos me’moriy echim bilan o’zgartirib yuboradi.
Kompozit -50°C dan + 80°C gacha bo'lgan issiqlikka chidamli. Har qanday iqlim sharoitida panel o'zining egiluvchanligini, strukturasini saqlab qoladi va bukilishlarda darz ketmaydi.
Sho'rtan gaz-kimyo majmuasining tomchilatib sug'orish tizimi - Sug'orish uchun oson yotqiziladigan, ko’p marta ishlatiladigan va to’liq singdiradigan suvni labirint uzatuvchi yumshoq shlanglar. TSh 39.2-261-2010 ga muvofiq Sho'rtan gaz-kimyo majmuasining tomchilatib sug’orish tizimi sug'orish jarayonini avtomatlashtiradigan, hosildorlikni oshiradigan, tuproqning ildiz qatlamida suvli va ozuqaviy muqobil tartibni tashkil qilishga imkon beradigan o’simliklarni sug’orishning istiqbolli usuli hisoblanadi.Tomchilatib sug'orishni qo'llash ayniqsa sug'orish suvi tanqis tumanlardagi fermer xo'jaliklari uchun ayniqsa istiqbollidir.
Polietilen quvurlar - Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi MChJ da ichimlik suv uchun diametri 20 mm dan 630 mm gacha bo'lgan hamda 0,25 MRa dan 10 MRa atmosfera bosimiga chidamli, devori qalinligi bo'lgan har xil polietilen trubalar va polietilen otvod va troyniklar, qalinligi 4 mm alyuminiy kompozit panellar (AKP), sig'imi 10 litr bhlgan kanistralarni ishlab chiqaradi.
Korxonada polietilen trubalarni ishlab chiqarish uchun Germaniyaning «ERMAFA», «BATTENFELD» va Xitoy Xalk Respublikasining SJ90/33. SJ 120/33 yuqori texnologik dastgoxlari o'rnatilgan bo'lib, yuqori sifatli xalqaro standartlarga mos keladigan (ISO, GOST) maxsulotlar ishlab chiqariladi.
Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi MChJ da ishlab chiqarilgan maxsulotlar xalq va qishloq xo'jaligining barcha soxasida keng qo'llanilmoqda.
Hozirda qimmatbaho temir quvurlarni chetdan sotib olish dolbzarligini hisobga olgan xolda, bizning korxonamizda ishlab chiqarilayotgan polietilen quvurlar barcha ko'rsatkichlarda ulardan ustun. Masalan, narxi arzonligi, yengilligi, chidamliligi, organik va mineral moddalar ta'sirida o'zgarmasligi, o'rnatishda kam vaqt va kam xarajat talab qilishi misol bo'la oladi.
Maxsulotlarimiz nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham katta talabga ega.
Ishlab chiqarilgan maxsulotlarimiz kerakli sinovlardan o'tgan va quyidagi sertifikatlarga ega:
-gigiyenik sertifikati;
-muvofiqlik sertifikati;
-sifat sertifikati.
www.sgcc.uz