Joriy yilning 17-19 dekabr kunlari Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan majmua tasarrufidagi "Lochin" bolalar dam olish oromgohida sportning mini-futbol, shaxmat va stol tennisi kabi yo‘nalishlari bo‘yicha "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi ochiq turniri-2021" bo‘lib o‘tdi.
Majmuaning 20 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda "O‘zbekneftgaz" AJ hamda uning tasarrufidagi Muborak va Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, "Uzbekistan GTL" MCHJ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, "Gissarneftgaz" QK MCHJ, "Kuchlik neft bazasi" MCHJ, "O‘zneftgazburg‘ulashlari" MCHJ kabi bir qator tashkilot va korxonalarda mehnat qilib kelayotgan ishchi-xodimlar ishtirok etishdi va turnirda quyidagi natijalar qayd etildi.
Stol tennisi (erkaklar o‘rtasida)
I o‘rin: Shoxrux Kenjaev - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi
II o‘rin: Anvar Shomurodov - "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
III o‘rin: Suxrob Begimqulov - "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ
Stol tennisi (xotin-qizlar o‘rtasida)
I o‘rin: Kamola Aminova - "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
II o‘rin: Malika Sa’dullaeva - Buxoro neftni qayta ishlash zavodi
III o‘rin: Saboxat Xoliqova - Muborak gazni qayta ishlash zavodi
Stol tennisi (juftlik bahslari)
I o‘rin: Shoxrux Kenjaev hamda Mansur Erniyozov - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi
II o‘rin: Akrom Rajabov hamda Akrom Masharipov - "O‘zbekneftgaz" AJ
III o‘rin: Azim Davlatov hamda Elyor Tilovov - "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Shaxmat (erkaklar o‘rtasida)
I o‘rin: Iskandar Kenjaev - "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
II o‘rin: G‘ayrat Shamamedov - "Muborak gazni qayta ishlash zavodi
III o‘rin: Sobir Alpashov - Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi
Shaxmat (xotin-qizlar o‘rtasida)
I o‘rin: Laylo Xasanova - "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ
II o‘rin: Svetlana Radjabova - Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi
III o‘rin: Xurshida Qo‘zieva - "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Mini-futbol
I o‘rin: "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ
II o‘rin: "O‘zbekneftgaz" AJ
III o‘rin: "Uzbekistan GTL" MCHJ
Shuningdek, sportning mini-futbol bahslari davomida jamoalarning bir guruh a’zolari qator nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etildi.
Eng yaxshi darvozabon: Sardosh Xushvaqtov - Uzbekistan GTL" MCHJ
Eng yaxshi himoyachi: Bexzod Zulfiqorov - "O‘zbekneftgaz" AJ
Eng yaxshi hujumchi: Komil Yagmirov - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi
Eng yaxshi to‘purar: Bexruz Samiev - "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ
Turnir so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, bu kabi tadbirlar korxona va tashkilotlarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, shuningdek, turdosh korxonalar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yo‘lida xizmat qiladi.
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati