“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ rahbariyati va majmua kasaba uyushma qoʻmitasi bilan oʻzaro hamkorlikda majmua xotin-qizlar qoʻmitasining tashabbusiga koʻra 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan majmuada faol mehnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 2019 yilning 1-3 mart kunlari Toshkent shahriga sayohat uyushtirildi.
.
Sayoxat dasturiga binoan majmua xotin-qizlari kechki madaniy xordiq olish maqsadida ikki guruhga boʻlingan holda Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri hamda Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri aktyorlari ishtirokida spektakllari namoyish etildi.
Sayoxatning keyingi kunini xotin-qizlar “Oʻzbek amaliy sanʼati” muzeyiga tashrif etishdan boshlashdi. Muzeydagi qoʻl mehnati bilan yaratilgan qadimgi kashtachilik va toʻqimachilik koʻrgazmalari xotin-qizlarda katta qiziqish uygʻotdi.
.
Majmua xotin-qizlariga yurtimizdagi bugungi kunda zamon talablari asosida olib borilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari bilan tanishishtirish maqsadida “Toshkent City” va “Islom sivilizatsiya markazi”da boʻlishib, yetakchi xorijiy qurilish korxonalari mutaxassislari bilan suhbatlashishdi. Hazrati Imom machitiga uyushtirilgan tashrif esa xotin-qizlarning barchasini ruhan tetik qilib, qalbiga taskinlik kiritdi.
Tushlikdan soʻng Toshkent kulolchilik maktabining 3-avlodi usta-kulolchi M.Raximov xonadonida tashkil etilgan sanʼat muzeyiga ekskursiyaga uyushtirildi. Ekskursiya mobaynida usta-kulol M.Raximov va uning kulolchilik anʼanasining davomchisi A.Raximov tomonidan mahorat bilan ishlangan har bir kulolchilik buyumlaridagi naqshlar, nafis ishlangan idishlardan yaratilgan musiqaviy devor bilan tanishishdi.
.
Shundan soʻng, “Oʻzbekiston” mehmonxonasining rasmiy tantanalarga moʻljallangan zalida bayram konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Respublikamizning taniqli sanʼat ustalari ijrosidagi kuy va qoʻshiqlar bayram dasturiga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
.