Aziz yurtdoshlar!
Qadrli hamkasblar!

Sizlarni "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ jamoasi hamda o‘z nomimdan musulmon olamining eng aziz bayrami - Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman!

Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizga mustahkam sog‘liq, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlariga fayz-baraka, ezgu ishlarida omad tilab qolaman.

Asrlar davomida el-yurtimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Ushbu shukuhli lahzalarda majmuamizning jonkuyar ishchi-xodimlarini va barcha yurtdoshlarimizni yana bir bor qutlab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik yor bo‘lsin, deb qolaman.

Hurmat bilan,

Shuxrat Aslanov
"Shurtan GKM" MCHJ Bosh direktori