Shurtan gaz kimyo majmuasida mehnat qilib kelayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ulardagi bor imkoniyatlardan foydalanishga va o‘z iqtidorlarini yanada namoyon etishiga barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Jumladan, "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovi bo‘yicha majmua yoshlaridan "UzClear" jamoasi tashkil topgan bo‘lib, ushbu jamoa Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 8-sentyabr kuni O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi OLIY LIGASI 2022-yilgi mavsumining saralash bosqichiga ishtirok etishdi.

Kuni kecha, O‘zbekiston bo‘ylab 130 dan ortiq jamoalar ishtirok etgan Saralash festivallining yakuniy natijalari e'lon qilindi. Unga ko‘ra, bu yilgi Quvnoqlar va zukkolar bellashuvlarining 2022-yil Oliy ligasi chorak finalida 30 ta jamoa ishtirok etishi ma'lum bo‘ldi.

Quvonarlisi, Shurtan gaz kimyo majmuasining "UzClear" jamoasi, kuchli 30 talikda 8 o‘rinni egallab, 2022-yil “Quvnoqlar va zukkolar” oliy ligasi chorak finalida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz