Qozog‘iston Respyblikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Satibaldi Darxan Amangeldievich Qashqadaryo viloyatidagi tashrifi davomida Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida Qozog‘iston elchisiga Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish jarayonlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi va Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi bazasida tashkil etilgan birinchi neftgaz klasteri mehmonlarga katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, majmuada murakkab texnologik qurilmalarni 100 foiz mahalliy mutaxassislar tomonidan boshqarilayotganligi va xizmat ko‘rsatayotganligi alohida ta’kidlandi.
Tashrif so‘nggida tomonlar o‘rtasida kelajakda amalga oshiriladigan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning iyul oyida Qozog‘iston Respubliksining “Samruk-Kazyna” AJ tasarrufidagi “KLPE” TOO kompaniyasi mutaxassislari Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida o‘z kasbiy mahoratlarini oshirishgan edi.
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati