“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini bajarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda berilgan ko‘rsatmalar asosida “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda qish mavsumini betalafot o‘tkazish, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarning bajarilishi hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda eng asosiy masala qish mavsumini betalofat o‘tkazish ekani ta’kidlanib, korxona miqyosida uzluksiz 24 soat davomida kuchaytirilgan rejimda ish tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Korxonadagi har bir yo‘nalishda alohida “Operativ shtab" tashkil qilinishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishda elektr energiyasi iste’molini kamaytirish yuzasidan ham alohida topshiriqlar berildi va ushbu chora-tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Belgilangan chora-tadbirlar asosida shu kunning o‘zida korxonadagi har bir yo‘nalishda texnologlar va  boshqa mutaxassislardan iborat “Operativ shtab” tashkil qilinib, 24 soat davomida navbatchilik tashkil etildi va majmuaning ishlab chiqarish jarayonlarini uzluksizligini qat’iy nazorat qilish hamda favqulodda uzilishlarning oldini olishga qaratilgan barcha qo‘shimcha ehtiyot choralari ko‘rildi.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|