O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 3- va 9-avgust kunlari o‘tkazilgan yig‘ilishlarda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga respublika iste’molchilariga tabiiy gaz, suyultirilgan gaz va neft mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish, geologiya qidiruv ishlarini jadallashtirish orqali yangi uglevodorod zahiralarini aniqlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

Mazkur topshriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev topshirig‘i bilan jamiyat tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, qayta ishlash zavodlari, quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlash obyektlarida “Favqulodda holat” e’lon qilingan edi.

Qazib chiqarish, qayta ishlash, quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlash ishlarini uzluksiz olib borish natijasida 2021-yilning yanvar-noyabr oylari yakunida qator samarali ishlar amalga oshirildi.

Xususan, uglevodorodlarni qazib chiqarish bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarga erishildi:

• Tabiiy gaz qazib chiqarish 30,9 mlrd kub metr (prognoz – 99,4 foiz; o‘sish sur’ati – 102,3 foiz);

• Gaz kondensati – 1,3 mln tonna (103,0 foiz; 101,0 foiz);

• Neft – 106,9 ming tonna (106,8 foiz; 92,9 foiz) tashkil etdi.

Geologik-texnik tadbirlar bo‘yicha quyidagi natijalarga erishildi:

• 154 ta quduq ishga tushirildi;

• 672 ta quduq mukammal ta’mirlandi;

• 42 ta texnologik obyektlarda qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari bajarildi.

Neft-gaz mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha quyidagi natijalarga erishildi:

• avtobenzin – 813,3 ming tonna;

• dizel yonilg‘isi – 380,4 ming tonna;

• aviakerosin – 92,1 ming tonna;

• mazut – 75,6 ming tonna;

• suyultirilgan gaz – 582,6 ming tonna;

• polietilen –122,9 ming tonna ishlab chiqarildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha quyidagi natijalarga erishildi:

• eksport – 389,3 mln dollar;

• investitsiyalarni o‘zlashtirish –734,2 mln dollar;

• ishlab chiqarishni mahalliylashtirish – 3,0 trln so‘m;

• importni qisqartirish – 321,0 mln dollarga bajarildi.

Jamiyat tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, qayta ishlash zavodlari, quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlash obyektlarida e’lon qilingan “Favqulodda holat” 2022-yil 5-yanvarga qadar davom etadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz