Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Korxonalarni xususiylashtirish va sog‘lomlashtirish klinikasida” “O‘zbekneftgaz” AJning mahalliylashtirish va kooperatsiya pavilyoni ish boshlagani haqida xabar bergan edik.
Ushbu pavilyonda “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida, shuningdek, “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida Qarshi shahrining 13-o‘rta maktab 11-sinf bitiruvchilariga kasbga yo‘naltirish bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari tomonidan ochiq dars o‘tkazildi.
Uchrashuv mobaynida departamentlar va ishlab chiqarish korxonalari xodimlari tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJning ish faoliyati, korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot turlari va amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar haqida tushuntirishlar berildi.
Neft-gaz mahsulotlarini qazib olish va qayta ishlash jarayonlari – burg‘ilash, qazib olish va qayta ishlash korxonalarining maketlari misolida to‘liq ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida o‘quvchi yoshlar bilan texnologik jarayonlarni tashkil etish bo‘yicha muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga malakali mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar berildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan