Joriy yilnining 20-22 fevral kunlari Qarshi shahridagi olimpiya zaxiralari sport kompleksida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va "Uzbekneftgaz" AJ hamkorlikda "Qashqadaryo viloyati sanoat yarmarkasi va kooperatsiya" hamda "Neftgaz kooperatsiya forumi" o`tkaziladi.
Tadbirda yoqilg`i-energetika kompleksining yirik sanoat korxonalari, 150 ga yaqin tovar xizmatlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlik subyektlari hamda chet el kompaniyalarining vakolatxonalari ishtirok etishi kutilmoqda.