Joriy yilning 26-aprel kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 4-mart kuni talabalar bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan viloyat hokimligi, Qarshi shahar hokimligi va viloyat bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani takomillashtirish va rivojlantirish hamda talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Karyera kuni” va “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Muassasada tashkil etilgan “Karyera kuni” va “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasiga “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Bosh direktori, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining faxriy professori Shuhrat Aslanov ham tashrif buyurdi va majmua tomonidan ta’sis etilgan stipendiya sohiblari bo‘lgan 15 nafar talabalarni taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, tadbirning ikkinchi qismi Neft va gaz fakulteti, konferensiyalar zalida muassasaga tashrif buyurgan ish beruvchilar va talaba yoshlar o‘rtasidagi samimiy suhbat bilan davom etdi.
Ish beruvchilar tomonidan fakultetning yuqori kurs talabalariga ishlab chiqarish jarayonlarida bugungi kun talablari haqida batafsil tushuntirildi va yoshlarning o‘z oldilariga qo‘yayotgan maqsadlari chegarasini ko‘tarish borasida kerakli takliflarni berishdi.
Shuningdek, tadbir davomida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi o‘rtasida "Yoshlarga oid davlat siyosati" to‘g‘risidagi qonun ijrosida yangi bosqichlarni boshlab beruvchi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Ma’lumot uchun, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining navbatdagi stipendiyasi uchun tanlovlar joriy yiling fevral oyida boshlangan edi va unda 250 nafardan ortiq talaba yoshlar ishtirok etishgan.
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati