O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan 5 tashabbus ijrosi doirasida "SHGKM" MCHJ Bosh direktori, Viloyat xalq deputatlari kengashi deputati Sh.Ch.Aslanov G`uzor tumani Taxam qishlog`iga bordi.
Tashrif davomida Taxam qishlog`idagi 1991-yilda qurulib foydalanishga topshirilgan hamda hozirda 2 smena asosida 240 nafar o`quvchi ta`lim olayotgan 34-umumta`lim maktabida korxona ishchi xodimlari ko`magida hashar yo`li bilan ta`mirlash ishlari tashkil etildi.
Jumladan:
Maktabda o`quvchilar uchun yangi 20x40 metr o`lchamdagi mini futbol maydonchasi qurib berildi. Maktab hovlisining kirish qismida yangi darvoza o`rnatib berildi. Shuningdek ta`mirga muhtoj yordamchi binolarning tom qismlari 50 m2 hajmda profnastil qoplamalari bilan qoplandi.
Ushbu savobli ishlarda o`z hissasini qo`shayotgan barcha xodimlarga korxona rahbariyati o`z minnatdorchiligini bildiradi!
www.sgcc.uz