Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib, sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Shu yerda qashqadaryolik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘ldi. Turli sohalarda o‘qiyotgan va ishlayotgan yigit-qizlarning fikrlari eshitildi. Takliflari ma’qullanib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmatidan