“O'zbekneftgaz” AJ Tijorat departamenti tomonidan Turkiyaning “BARI & PARTNERS International Trading Company” kompaniyasi bilan Yevropa davlatlariga polimer mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi.

O'tkazilgan muloqot natijasida, 2021 yil davomida “O'zbekneftgaz” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan polietilen mahsulotini yirik hajmlarda, tizimli ravishda birja orqali sotib olinishi bo'yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, horijiy kompaniya vakillari tomonidan yillik 20 ming tonna hajmda granulalangan oltingugurt mahsulotini harid qilish bo'yicha qiziqish bildirilib, tegishli takliflar taqdim etildi.

“O'zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz