Joriy yilning 28 sentyabr kuni "O‘zbekneftgaz" AJni xalqaro biznes muhitiga yanada integratsiyalashtirish va amalga oshirilayotgan salohiyatli loyihalarni namoyish etish, xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida “Energy Industries Council EIC” kengashi tomonidan tashkil etilgan onlayn-videokonferentsiyada ishtirok etdi.

Konferentsiyada "Global imkoniyatlar - Global Opportunities (GO)" va "Eksport va savdoning o‘sishi - Growing Exports & Trade (GET)" asosiy mavzu bo‘lib xizmat qildi.

Ushbu muloqot doirasida, shuningdek “O‘zbekneftegaz” AJning ayni paytdagi faoliyati, yaqin kelajakdagi maqsadlari, neft-gaz tarmog‘ini transformatsiyalash, hamda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu konferentsiyada har yili 345 ta xorijiy kompaniyalardan 977 delegatni va 60 ta kompaniyadan 109 ma’ruzachi ishtirok etadi.

Buyuk Britaniya elchixonasi koordinatorligida o‘tgan konferentsiyada O‘zbekistondagi turli vazirlik va idoralar vakillari ham qatnashishdi.

Ta’kidlash kerakki, “EIC” – Buyuk Britaniya tajribasidan keng foydalanishga qaratilgan konferentsiya va ko‘rgazma bo‘lib, 1943 yilda notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan, ular butun dunyo bo‘ylab energetika sanoatiga tovarlar va xizmatlar yetkazib beradi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz