“O‘zbekneftgaz”AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev tashabbusi bilan tizim tashkilotlari xodimlari orasida “O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida futbol, kurash, shaxmat, o‘q otish, suzish va yengil atletika sport turlari bo‘yicha turli musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.
“O‘zbekneftgaz kubogi – 2021” musoboqasi ham keng masshtabda karantin qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda o‘tkazildi. Baxslarda 7 ta mintaviy hududda qirqta jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Musoboqaning 3-o‘rin g‘olibligi uchun kechgan baxsda “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” va “Kuchlik neft bazasi” jamoalari o‘zaro baxslashishdi.
“Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” jamoasi a’zolari bu uchrashuvda g‘alaba qozonib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Final uchrashuvi kutilganidan ham qiziqarliroq bo‘ldi. “O‘zbekneftgaz” AJ markaziy apparat xodimlaridan iborat jamoa vakillari “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.
Qiziqarli kechgan o‘yinning 1-bo‘lim 21-daqiqasida Sherali Juraev “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim to‘liq mehmonlar ustunligida o‘tdi va natija saqlab qolindi.
Ikkinchi bo‘limda asosan qarshi hujumda harakat qilgan “O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi 36-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Gol muallifi Sunnat Abdunazarov bo‘ldi.
O‘yinning asosiy daqiqalarida darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi. G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.
“O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi 3:1 hisob bilan g‘alaba qozondi va Kubok sohibiga aylandi.
Musoboqa g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etgan “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev tabiiy gaz qazib chiqarilishi va qayta ishlanishida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning fidoiyligini alohida ta’kidlab, barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Ishdan bo‘sh vaqtda har doim sport bilan shug‘ullanishga vaqt ajratish lozimligi va bu borada barcha sharoitlar yaratib berilishini ma’lum qildi.
Taqdirlash marosimida Boshqaruv raisi tomonidan jamoasini g‘oliblikka qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi uchun harakat qilgan Zohidov Nodirjon Ma’murjon o‘g‘li alohida e’tirof etildi va unga “Eng yaxshi murabbiy” mukofoti topshirildi.
Shuningdek, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” jamoasi murabbiyi Berdiev Ozod Murodovich ham “Eng yaxshi murabbiy” nomiga sazovor bo‘ldi.
“O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi hujumchisi Sunnat Abdunazarov Kubokning “Eng yaxshi to‘purar futbolchisi” deb topildi. Eslatib o‘tamiz, ushbu kubok baxslarida Sunnat Abdunazarov raqiblar darvozasiga 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘znavbatida, “Eng yaxshi o‘yinchi” Anvar Shomurodov (“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi”), “Eng yaxshi himoyachi” Erxanov Bahodir (“Kuchlik neft bazasi”),
“Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasi esa Oripov Toymurod (“Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”)ga topshirildi.
FOTOLAVHALAR
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati