“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli neft va gaz qazib chiqarish va qayta ishlash, saqlash va tarqatish korxonalaridagi Boshqarish tizimini takomillashtirish, hozirgi davr talabiga mos kelishini ta’minlash maqsadida Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘i bilan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“DEPOZIT SERVIS” MChJ mustaqil tashkiloti tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ korporativ boshqaruv tizimini 2020-yil yakunlari bo‘yicha baholash ishlari amalga oshirildi.
Olib borilayotgan ishlar samarasi o‘laroq, “O‘zbekneftgaz” AJda korporativ Boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalari 736 ballni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 9,2% ga ko‘pdir va bu baholash “yuqori” deb e’tirof etiladi.
Xususan, jamiyatga qarashli boshqarma va korxonalarda zamonaviy Boshqaruv tizimlari — ISO, ERP, NIOKR va boshqalar joriy etilishi tizimi yaxshilandi va axborot shaffofligi ta’minlandi. Jamiyatning korporativ veb-saytida va korporativ axborot yagona portalida uch tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida axborotlar oshkor e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun: “O‘zbekneftgaz” AJda korporativ boshqaruv tizimini baholash “NAYMON INVEST CONSULTING “ MChJ tomonidan o‘tkazilgan va 2019-yil yakunlari bo‘yicha 668 ballni tashkil etdi.
Ta’kidlash joiz, shu bilan birga, jamiyat tomonidan korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga, davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalariga va jamiyatning axborot siyosatiga rioya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan