Mamlakatimizda eksportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sabab koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan cheklovlarning oqibatlarini yumshatishga erishildi.

2021-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4949-sonli qarori bilan joriy yilda respublika eksport salohiyatini tiklash va yanada kengaytirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari oldiga bir qator vaziflar belgilab berilgan edi.

Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning birinchi choragida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddan Abdullaev topshirig‘i bilan tizim tasarrufidagi korxonalarning mavjud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan maksimal darajada foydalanildi. Tizimda eksport salohiyatini rivojlantirish, tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan tovarlar va ular sotiladigan bozorlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan joriy yilning yanvar-mart oylariga belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari 109,9 foizga bajarilmoqda. Ushbu ko‘rsatgich o‘tgan 2020-yilning shu davriga taqqoslanganda 105,7 foizga ko‘pni tashkil etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarish hajmi joriy yilning yanvar-mart oyi rejasiga nisbatan polietilen 107,3 foizga, suyultirilgan gaz 198,5 foizga va oltingugurt 238,4 foizga bajarildi.

Bugungi kunda «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi korxonalar va zavodlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Turkiya, Estoniya, Polsha va Shvetsariya davlatlarining yirik ishlab chiqarish fabrikalari hamda tadbirkorlari tomonidan qiziqishlar ortishi o‘z navbatida jamiyatning eksport geografiyasi kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarim yillik yakuni bilan “O‘zbekneftgaz” AJ eksport prognoz ko‘rsatkichlari rejaga nisbatan 104,3% bajarilishi kutilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz