"O‘zbekneftgaz" Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev 2020 yil 17 iyun kuni tizimdagi rahbarlar bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida barcha korxona va tashkilotlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishi, ishchi-xodimlarning salomatligi, xavfsizligi uchun sharoitlarni yaratib berish borasida alohida to‘xtalib, topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma va korxonalar rahbarlari pandemiya tarqalishini oldini olish hamda xodimlarning xavfsizligini ta’minlash uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda ishlar olib bormoqda.

Boshqarma va korxonalarda hozirgi kunda jami 7 275 nafar ishchi xodim COVID-19 ga test topshirdi. Test natijasiga ko‘ra 1 nafar xodimda COVID-19 infektsiyasi aniqlandi, qolgan xodimlardan ijobiy (manfiy) xulosalar olingan.

Tizimdagi obyektlarda COVID-19 koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish uchun Sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi departamenti tomonidan COVID-19 koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha doimiy ravishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda:

1. Korxona va boshqarmalarning har bir obyektida karantin qoidalari yumshatilishi bu karantin qoidalarining to‘liq bekor bo‘lmaganligi va dezinfektsiya ishlari va antiseptik vositalardan foydalanish davom ettirilishi, nazorat o‘tkazish joylarida (NUJ) xodimlarning tana harorati doimiy o‘lchab borilishi va xushyorlikni yo‘qotmaslik;

2. Har bir obyektda karantin talablari yumshatilishiga qaramasdan, dezinfektsiya qilish vositalari bilan ta’minlanib, kuniga ikki martadan ertalab va kechqurun smena almashish vaqtida dezinfektsiya ishlarini davom ettirish;

3. Eshiklar tutqichlarida maxsus dezinfektsiyalovchi suyuqlik bilan ishlov berilgan matolar o‘rash;

4. Barcha korxona va tashkilotlarda dezinfektsiya ishlarini tashkil qilish va hisobini yuritish;

5. Barcha boshqarma va korxonalarda smena almashish jarayonlarida yotoqxonalarni to‘liq dezinfektsiya qilish;

6. Boshqarma va korxonalar xududiga ma’muriy bino va xizmat xonalari va ishlab chikarish obeyktlariga test topshirmagan xodimlarning kirishini qat’iyyan ta’qiqlash;

7. Boshqarma va korxonalarda pandemiya tarqalishini oldini olishda foydalaniladigan himoya vositalari (tibbiy ko‘lqop, niqob, xo‘jalik sovuni antiseptik vositalar, tana xaroratini o‘lchash vositalari, dezinfektsiyalovchi vositalar) zahirasini yaratish;

8. Ishlab chiqarish zaruriyatiga ko‘ra jamiyat tizimidagi boshqarma va korxonalariga xorijiy davlatlardan kirib keladigan yuk transport vositalari va xaydovchilari belgilangan karantin talablariga muvofiq nazorat qilinishi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, hozirgi kunda jamiyatning har bir korxona va boshqarmaning ma’muriy binosi va ishlab chikarish obyektlariga kirib chiqayotgan barcha xodimlar antiseptik vositalar bilan dezinfektsiya qilinishi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir xodimning tana harorati o‘lchanib, faqat tibbiy niqob bilan kiritish tartibi joriy etilgan.

Obyektlar binolarining barcha xonalari ish boshlanishidan oldin va ish tugagunidan so‘ng, bir kunda ikki marta dezinfektsiya qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.

Barcha xodimlarga himoya niqoblari korxona va boshqarmalar hisobidan ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilgan. Korxona va boshqarmalarda xodimlarning asosiy qismi masofadan ishlash uchun yuborilgan va bir qismi rejaga asosan mehnat ta’tiliga chiqarilgan. Korxona va boshqarmalar xodimlarning vaxta almashinishida ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, avtobuslarning kunlik dezinfektsiya qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirgi kunda "O‘zbekneftgaz" AJ tasarrufidagi boshqarma, tashkilot va korxonalarda jami xodimlar soni 48 200 nafarni va qo‘shma korxonalar bilan 49 993 nafarni tashkil etmoqda, shundan masofadan ishlayotganlar 290 nafar (0,66%), mehnat ta’tiliga chiqqanlar 4853 nafar (11%).

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz