Shu yilning 19- va 20-may kunlari neft va gaz sohasida ishlaydigan korxonalar xodimlari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikaning har xil hududlaridan kelgan jamoalar ishtirok etdi.
Musobaqaning birinchi kunida saralash bosqichi o‘tkazildi. Ikkinchi kunida esa 18 ta jamoa ishtirokida final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunida kuchli uchlikni quyidagi jamoalar tashkil etdi:
1-o‘rin - Uz Kor Gas Chemical jamoasi
2-o‘rin - Muborak gazni qayta ishlash zavodi jamoasi
3-o‘rin - Sho'rtan gaz kimyo majmuasi jamoasi
Yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalarga noutbuk, planshet va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.